Loyihaga Qanday Hissa Qo'shish Mumkin
"Nima U" loyihasi ochiq manba hisoblanadi va texnik hamjamiyatni loyihaga hissa qo'shishga taklif etadi. Agar siz dasturiy ta'minotni yaxshilash, hujjatlarni to'ldirish yoki dizaynda yordam berishni istasangiz, sizning hissangiz qadrlanadi.
Hissa Qo'shish Jarayoni
Loyihaga hissa qo'shish uchun quyidagi qadamlarni bajarishingiz mumkin:
- GitHub Repository Tashrif Buyurish: Avvalo, Nima U GitHub repository-siga tashrif buyuring va uni
fork
qiling. - Lokal Nusxani Yaratish: Fork qilingan repository-ni o'z kompyuteringizga
clone
qiling. - Yangi Branch Yaratish: O'zgarishlarni asosiy branchga to'g'ridan-to'g'ri qo'shmaslik uchun yangi branch oching.
- O'zgarishlarni Amalga Oshirish: Kerakli o'zgarishlarni amalga oshiring va kodni sinab ko'ring.
- Conventional Commits Qoidalarini Qo'llash: O'zgarishlarni tavsiflovchi aniq va ma'noli commit xabarlarini yozishga harakat qiling. Bu haqida quyida batafsilroq.
- Pull Request Yuborish: O'zgarishlarni asosiy repositoryga qo'shish uchun pull request yuboring.
Conventional Commits
Conventional Commits — bu commit xabarlaringizni aniq va o'qiluvchan qilish uchun qoidalar to'plamidir. Bu o'zgarishlar tarixini tushunarli qilishda va avtomatik nashrlarni yaratishda yordam beradi.
Conventional Commit Format
Har bir commit xabari quyidagi formatga rioya qilishi kerak:
Misol:
Bu yerda:
- type: Commit turini ko'rsatadi (masalan, feat, fix).
- scope: O'zgarish ta'sir qilgan qism (masalan, docs, blog, api).
- short summary: O'zgarish haqida qisqa va aniq ma'lumot.
Conventional Commits yordamida sizning hissangiz boshqa ishtirokchilar tomonidan osonroq tushuniladi va qadrlanadi.